Ukrainada majburiy ishlatilgan o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilinmoqda – TIV

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Ukraina hududida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan haydovchilar majburiy ishlatilganiga oid ma’lumotlar tarqalmoqda. Ushbu holatga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili izoh berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalari tomonidan ushbu fuqarolar harbiy harakatlar bo‘layotgan hududlardan evakuatsiya qilinmoqda hamda ularga har tomonlama huquqiy yordam ko‘rsatilgan. 

Ayni paytda O‘zbekiston fuqarolariga Vataniga qaytarilayotgani aytilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, 28 fevraldan 24 martga qadar 27 ta aviareys tashkillashtirilgan hamda harbiy harakatlar kechayotgan hududlardan 6 030 nafar o‘zbekistonlik Vataniga qaytarilgan.

O‘zbekistonning Polshadagi elchisi Bahrom Boboyev esa O‘zbekiston fuqarolarini Ukrainadan Polsha hududi orqali Vataniga evakuatsiya qilish jarayoni nihoyasiga yetganini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

319

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing