Ukrainada lo‘lilar va migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi (video)

Olam

image

Kecha, 12 may kuni Ukrainaning Ivano-Frankovsk shahrida lo‘lilar jamoasi vakillari va hindistonlik migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi. Bu haqda “Life” xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda voqea joyidan olingan kadrlar tarqaldi, unda bir necha o‘nlab kishilarning mushtlashuvda ishtirok etayotganini ko‘rish mumkin. Hozircha janjal sabablariga aniqlik kiritilmagan.

Jabrlanganlar, qo‘lga olinganlar yoki jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida rasmiy ma’lumot berilmagan. 

Ma’lumot uchun, 2025 yildan boshlab ukrainalik ish beruvchilar Hindiston va Bangladeshdan mehnat migrantlarini faolroq jalb qila boshlagan. Ular asosan logistika, qurilish va ishchi mutaxassisliklariga jalb qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Ust-Luga posyolkasidagi qurilish maydonida ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan Qozog‘iston fuqarolari hibsga olingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing