Ukrainada “Qizaloq va maymoq”ni ko‘rish taqiqlanishi mumkin

Olam

image

Rossiya bilan aloqasi borligi uchun Ukrainada “Qizaloq va maymoq” multfilmiga nisbatan sanksiyalar joriy etilishi mumkin. Bu haqdagi taklifni Ukraina parlamenti matbuot erkinligi qo‘mitasi raisi Yaroslav Yurchishin ilgari surdi.

Yurchishinning so‘zlariga ko‘ra, multfilmning ukraincha tarjimasida ham Rossiya propagandasiga xos imperiya va militarizatsiya unsurlari mavjud. 

Uning qayd etishicha, multfilmlar bolalar ongiga kirish uchun Rossiya tomonidan ishlatiladigan katta maydon bo‘lib, ota-onalar ko‘pincha YouTube’da bolalariga nima qo‘yilayotganini e’tiborsiz qoldiradi. 

“Shuning uchun Rossiya kontentini tozalash va o‘zimizning brendni yaratishni rag‘batlantirish zarur”, degan Yaroslav Yurchishin. 

Qayd etilishicha, multfilmda Rossiya propagandasiga oid belgilar aniqlangan – bosh qahramon har doim jazolanmasligi, ba’zi epizodlarda u Sovet davrining shlyapasida ko‘rinishi. 

Sanksiyalar joriy etilgan taqdirda, politsiya kontentga kirishni cheklashga yordam bermoqchi.

“The Times” nashriga ko‘ra, qizaloq Rossiyaning “yumshoq kuchi” sifatida qabul qilinishi mumkin va multfilm bolalarda muayyan qadriyatlarni shakllantirishda ishlatiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina multfil'm Qizaloq va maymoq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing