Ukrainada qancha odam bedarak yo‘qolgani ochiqlandi

Olam

image

Ukrainada jami 15 ming kishi bedarak yo‘qolgani aniqlandi. Bu haqda Ukraina harbiy qurolli kuchlari huquqlarini ta’minlash bo‘yicha komissari Olena Verbitskaya  “Bloomberg” agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yo‘qolganlarning ko‘pchiligi tinch aholi vakillari hisoblanadi.

Verbitskayaning so‘zlariga ko‘ra, hozirda tasdiqlangan harbiy asirlar va bedarak yo‘qolganlar soni o‘rtasida tafovut mavjud.

"Biz ularga nima bo‘lganini bilmaymiz", deydi u.

Uning ta’kidlashicha, Rossiya Federatsiyasi vakillari harbiy asirlar almashish bo‘yicha yomon munosabatda va Rossiya bu masalada "ko‘p narsani orzu qiladi".

Avvalroq Ukrainada 24 fevraldan 26 dekabrgacha 6884 nafar tinch aholi (shundan 429 nafari bolalar) halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

103

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing