Ukraina ayrim erkaklarga xorijga chiqishga ruxsat berdi

Olam

image

Ukrainada 18 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan erkaklarga urush holati sharoitida ham chet elga erkin chiqishga ruxsat berildi. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Yuliya Sviridenko ma’lum qildi. 

“Bugun hukumat davlat chegarasini kesib o‘tish tartibini yangiladi. Endi 18–22 yoshli erkaklar urush holatida ham erkin ravishda mamlakat chegarasini kesib o‘ta oladi. Gap shu yoshdagi barcha fuqarolar haqida ketmoqda”, degan Ukraina Bosh vaziri. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror chet eldan qaytib kelgan yosh fuqarolarga ham taalluqli bo‘ladi. Uning ta’kidlashicha, chora ularning Ukraina bilan aloqasini saqlab qolish uchun qabul qilingan.

Qayd etish joiz, Prezident Vladimir Zelenskiy 12 avgust kuni hukumatga 18–22 yoshli erkaklarga qo‘yilgan xorijga chiqish cheklovini bekor qilishni topshirgan edi. 

Ma’lumot uchun, Ukrainada urush boshlanganidan buyon joriy etilgan harbiy holat tufayli shu paytgacha 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklarga mamlakatni tark etish taqiqlab qo‘yilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda urush boshlanganidan to 2024 yilning o‘rtalarigacha Ukraina aholisi Kiyev nazorati ostidagi hududda 40 milliondan ortiq kishidan 31,1 millionga qisqargan, ya’ni 2,5 yil ichida u 10 millionga kamaygan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Yuliya Sviridenko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing