Ukrainada harbiy holat uzaytiriladi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatda harbiy holatni uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Oliy Rada deputati Yaroslav Jeleznyak xabar berdi 

Qayd etilishicha, ushbu qonun loyihasi Ukraina parlamentining ma’lumotlar bazasiga joylashtirilgan. Hozircha Ukrainada harbiy holat rejimi 21 noyabrgacha amal qiladi.

Deputat Jeleznyak harbiy holat va umumiy safarbarlik muddati yana 90 kunga uzaytirilishi mumkinligini tan olgan.

“Keyingi yalpi majlisda harbiy holat va umumiy safarbarlik yana yangilanadi. Prezidentning tegishli hujjatlari parlamentda ro‘yxatga olingan. Katta ehtimollik bilan uzaytirish yana 90 kunga, ya’ni 2023 yilning 20 fevraliga qadar davom etadi”, deydi Jeleznyak.

Ma’lumot uchun, Ukrainada 24 fevral kuni harbiy holat joriy qilingan edi. O‘shandan beri u har 90 kunda yangilanadi. Oxirgi marta u 15 avgust kuni uzaytirilgan edi. Vladimir Zelenskiy aprel oyida bahorgi chaqiruv va demobilizatsiyani bekor qilgan edi. Joriy yilning 18 oktyabr kuni Oliy Rada harbiy holat davrida harbiy xizmatga chaqirishni bekor qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

80

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing