Ukraina va Shvetsiya xavfsizlik shartnomasini imzoladi
Olam
−
31 may
2608Bugun, 31 may kuni Ukraina va Shvetsiya ikki tomonlama xavfsizlik shartnomasini imzoladi. Qirollik hukumati saytida jarayon to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya qilindi.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, xuddi shunday kelishuvlar bugun Stokgolmda Norvegiya va Islandiya bilan ham imzolanadi.
Hukumat idorasining press-relizida aytilishicha, kelishuv 2022-2026 yillar davomida Ukrainaga kamida 105 milliard kron (9,94 milliard dollar) miqdorida harbiy va fuqarolik yordamini ko‘zda tutadi.
“Shartnoma harbiy yordamga qaratilgan, biroq boshqa sohalarni ham o‘z ichiga oladi. Shvetsiya Ukrainaning tiklanishiga hissa qo‘shishda davom etadi va Ukrainaning islohotlari hamda Yevropa Ittifoqi va NATOning kelajakdagi a’zoligiga tayyorgarlikni qo‘llab-quvvatlaydi”, deyiladi xabarda.
Bitim Stokgolmda bo‘lib o‘tayotgan Shimoliy davlatlar sammitida imzolandi. Uchrashuvda Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb, Daniya, Norvegiya va Islandiya Bosh vazirlari Mette Frederiksen, Yonas Gar Styore va Byarni Benediktsson ham ishtirok etmoqda.
2023 yil yozida Vilnyusda bo‘lib o‘tgan NATO sammitida “Yettilik guruhi” davlatlari Kiyev bilan xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha kelishuvlar tuzish niyatlarini e’lon qildi. Ular avvalroq Portugaliya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Latviya, Niderlandiya, Finlyandiya va Fransiya bilan imzolangan edi.
LiveBarchasi