Ukraina va Rossiya halok bo‘lgan askarlarning jasadlarini almashdi
Olam
−
16 fevral
5395Ukraina va Rossiya yana halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning jasadlarini almashdi. Bu haqda Davlat Dumasi deputati, parlamentning harbiy harakatlar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruhi vakili Shamsail Saraliyevning bayonotiga tayanib, RBK ma’lum qildi.
Deputatning aytishicha, 61 qurbonning jasadi Rossiyaga qaytarilgan. Ukrainaga 58 nafar askarning jonsiz tanalari berilgan.
Harbiy asirlarni davolash va jasadlarni topshirish operatsiyasi Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi ko‘magida amalga oshirilgan.
Ma’lum qilinishicha, maxsus operatsiya boshlanganidan beri Rossiya va Ukraina muntazam ravishda harbiy asirlar va halok bo‘lganlarning jasadlarini almashib kelmoqda. Bundan oldingi almashinuvda Rossiya 55, Ukraina esa 77 harbiy askarlarining jasadini qabul qilib olgan.
Prezident Vladimir Putin avvalroq, Rossiya va Ukrainadan olib ketilgan asirlar soni 1 dan 10 gacha ekanligini aytgandi va Il-76 ga qilingan hujumga qaramay, harbiy asirlar almashinuvi davom etishini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, oldingi harbiy almashinuvda 207 ukrainalik va 195 rossiyalik vataniga qaytgandi. Bu haqda Ukraina Prezidenti o‘zining rasmiy sahifasida ma’lum qilgan.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi