Ukraina o‘z hududining 113 kvadrat kilometrini ozod qildi – Shmigal

Olam

image

Davom etayotgan qarshi hujum davomida Ukraina Qurolli kuchlari mamlakat hududining 113 kvadrat kilometrini, jumladan, sakkizta qishloqni ozod qildi. Bu haqda bugun, 22 iyun kuni Ukraina Bosh vaziri Denis Shmigal Londondagi Ukrainani tiklash bo‘yicha konferensiyada ma’lum qildi.

“Bu juda katta hudud”, degan Shmigal kuzatuvchilarni sabrli bo‘lishga chaqirib.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlarining oldinga siljishi Rossiya armiyasi tomonidan yaratilgan minalangan maydonlar tufayli ham sekinlashmoqda.

“Biz Rossiyadagidek askarlarimiz hayotini zoye qilmaymiz. Biz juda puxta o‘ylangan hujum operatsiyalarini o‘tkazamiz. Shuning uchun bu vaqt talab qilishi mumkin”, degan Ukraina Bosh vaziri.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Denis Shmigal'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing