Ukraina Rossiyaning to‘rtta viloyatiga dron bilan hujum qildi

Olam

image

Bugun, 17 iyulga o‘tar kechasi Ukraina Rossiya hududiga dronlar yordamida yana hujum qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi. 
Tunda havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukrainaning beshta dronini – Bryansk viloyatida ikkita, Voronej viloyatida ikkita va Belgorod viloyatida yana bitta dronni urib tushirgan.

Bryansk viloyati gubernatori Aleksandr Bogomazning ma’lum qilishicha, viloyatning Suraj tumanida ikkita dron yo‘q qilingan, qurbonlar va vayronalar yo‘q.

Dron hujumi haqida Kursk viloyati rahbari vazifasini bajaruvchi Aleksey Smirnov ham ma’lum qildi.  Rasmiyga ko‘ra, Glushkovskiy tumani Tetkino qishlog‘idagi o‘t o‘chirish bo‘limi binosiga ukrainalik kopter portlovchi moslamani tashlagan. Oqibatda bo‘linma hududida yuk mashinasi va yengil avtomobil shikastlangan, navbatchi qutqaruvchi jarohatlangan.

Ukraina o‘z hududini rus qo‘shinlari tomonidan davom etayotgan o‘qqa tutilishiga javoban Rossiyadagi nishonlarga uchuvchisiz uchoqlar yordamida tobora ko‘proq hujum qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing