Ukraina Rossiyaga yana yirik dron hujumi uyushtirdi

Olam

image

Bugun, 24 yanvarga o‘tar kechasi Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaga yirik dron hujumini amalga oshirdi. Bu haqda Rossiya Mudofa vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, havo hujumidan mudofaa bir kun ichida Ukrainaning 121 ta uchuvchisiz uchish apparatini yo‘q qilgan. 

“Ryazan va Bryansk viloyatlari eng ko‘p zarar ko‘rdi: yong‘inlar u yerda sodir bo‘ldi”, deyiladi xabarda. 

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainaning 37 ta droni Bryansk viloyati, 20 tasi Ryazan viloyati, 17 tasi Kursk viloyati, 17 tasi Saratov viloyati, 7 tasi Rostov viloyati, 6 tasi Moskva viloyati hududidan urib tushirilgan. Shuningdek, Leningrad viloyatining Oredej qishlog‘i yaqinida ikkita dron yo‘q qilingan, qurbonlar va vayronagarchiliklar yo‘q. 

Ba’zi hududlarda esa vayronagarchilik yuz bergan. Ma’lum qilinishicha, Bryansk viloyatida dronlardan birining qoldiqlari tergov qo‘mitasi binosiga zarar yetkazgan. Yana bir uchuvchisiz samolyot Menejment va biznes institutining yuqori qavatlariga qulab tushgan. Hujumdan so‘ng binoda yong‘in boshlangan, portlash fasad va oynalarga zarar yetkazgan.

“Urib tushirilgan dron to‘g‘ridan-to‘g‘ri uyga qulab tushdi. Biz ikkinchi qavatda edik. Hamma tirik qolgani va jarohat olmagan. Biz bir kunda hamma narsani yo‘qotdik”, degan jabrlanuvchilardan biri. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, ular hatto hujjatlarni ham saqlab qola olmagan. Viloyat hokimi jabrlangan oilaga zarur yordam ko‘rsatishni buyurgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina armiyasi Rossiyaning Voronej viloyatidagi neft bazasiga zarba bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing