Ukraina Rossiya o‘ziga qo‘shib olgan Luganskni ozod etishga kirishdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Ukrainaning Lugansk viloyatini ozod qilish boshlandi, bir qancha aholi punktlari rossiyaliklardan ozod etildi. Bu haqda Lugansk viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Gayday videomurojaatida ma’lum qildi.

“Lugansk viloyatini ozod qilish boshlandi. Bir qancha aholi punktlari allaqachon rus armiyasi, rus bosqinchilaridan ozod qilingan”, deydi Gayday.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bosqinchilar ularni yengishayotganini tushunib, imkon qadar barcha yo‘llar va binolarni minalashga harakat qilishmoqda.

“Poyezddan oldinroq yugurmang, narsalaringizni yig‘ib, orqaga qaytishga urinmang. Qachon va qayerga qaytishingiz mumkinligini aytamiz. Ukraina Qurolli Kuchlari tomonidan front chizig‘ini boshqa joyga ko‘chirish zarur, shundan keyingina ma’lum aholi punktlariga kirish mumkin bo‘ladi”, deydi Lugansk viloyati harbiy okrugi rahbari.

Shuningdek, Gayday Belogorivkaga Gorskoye shahar harbiy fuqarolik ma’muriyati tomonidan “Najot farishtalari” xayriya jamg‘armasi bilan birgalikda insonparvarlik yordami yetkazilgani haqida aytib o‘tgan.

“Biz vayron qilingan, lekin hech qachon bosqinchilarga bo‘ysunmagan qishloqqa shuncha oylik urushdan keyin birinchi bor tashrif buyurdik. 15 nafar mahalliy aholi nihoyat tashqariga chiqa olishdi va o‘z odamlarini (ukrainaliklarni – tahr.) ko‘rishdan xursandlar”, deya qo‘shimcha qilgan u.
 

Eslatib o‘tamiz, 19 sentyabr kuni Lugansk viloyati davlat ma’muriyati rahbari Sergey Gayday Belogorivka to‘liq Ukraina harbiylari nazoratiga olinganini ma’lum qilgan edi

30 sentyabr kuni esa Putin Ukrainaning Donbass mintaqasidagi tan olinmagan Lugansk va Donetsk xalq respublikalari hamda Xerson va Zaporoje viloyatlarini Rossiyaga qo‘shib olish, anneksiya qilish haqidagi shartnomalarni imzoladi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

405

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing