Ukraina Rossiya banklariga qarshi 50 yillik sanksiya joriy qildi

Olam

image

Ukraina Oliy Radasi Vladimir Zelenskiyning Rossiyadagi barcha banklarga 50 yil davomida sanksiyalar qo‘llash tashabbusini ma’qulladi. Bu haqda BFM nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, sanksiyalar Rossiya Federatsiyasi moliya institutlariga tegishli bo‘lgan aktivlar bilan operatsiyalarni to‘xtatib turishni, ular bilan biznes aloqalarini o‘rnatishni va shartnoma tuzishni taqiqlashni nazarda tutadi. Cheklovlar Rossiyadagi barcha banklar, jumladan, Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki va moliya sektoridagi boshqa korxonalarga ham taalluqlidir.

Shuningdek, sanksiyalar Ukrainada Rossiya muassasalariga nisbatan iqtisodiy va moliyaviy majburiyatlarni bajarishni, ularning elektron to‘lovlariga, pul o‘tkazmalariga hamda naqd pul yechib olishga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatadi. Shu jumladan, Radada qabul qilingan hujjat Ukraina Milliy bankiga Rossiya kompaniyalari tomonidan boshqariladigan xalqaro to‘lov tizimlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqlaydi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing