Ukraina portlaridan g‘alla ortilgan 12 ta kema chiqib ketdi

Olam

image

Bugun, 31 oktyabr Ukraina portlarini oziq-ovqat mahsulotlari,  ortilgan 12 ta kema tark etdi. Bu haqda mamlakat Infratuzilmasi vaziri Aleksandr Kubrakov o‘z Twitter sahifasida ma’lum qildi.

BMT va Turkiya delegatsiyalari “don tashabbusi” doirasida 40 ta kemani tekshirish uchun 10 ta inspektor guruhini taqdim etgan, deydi vazir.

Kubrakovning ta’kidlashicha, yuk tashuvchilarni tekshirish rejasi Ukraina tomonidan qabul qilingan va Rossiya delegatsiyasiga xabar berilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 oktyabr kuni Rossiya Mudofaa vazirligi anneksiya qilingan Sevastopoldagi Qora dengiz harbiy flotiga uyushtirilgan hujum munosabati bilan Ukrainadan oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilishga mo‘ljallangan kelishuvdagi faoliyatini to‘xtatishini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, rasmiy Moskva kemalar xavfsizligiga javob bermasligini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, 22 iyul kuni Istanbulda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ishtirokida Ukraina portlaridan g‘allani xavfsiz tashish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Hujjatni Ukraina, Rossiya, BMT va Turkiya vakillari imzoladi. Don shartnomasi Ukrainaning Odessa, Yujniy va Chernomorsk portlarini o‘z ichiga oladi.

Shartnoma muddati 19 noyabrda tugaydi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Turkiya avvalroq kelishuvni uzaytirishga chaqirgan edi.

Oktyabr oyida Qrim ko‘prigida portlash bo‘lishi ortidan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin don kelishuvi to‘xtatib qo‘yilishi mumkinligini aytgandi. U portlovchi uskuna don yo‘lagi orqali Qrimga olib kelingani tasdiqlansa, shunday qilinishini aytdi.

Quvonchbek G‘aybullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

156

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing