Ukraina NATOga a’zo bo‘lish shashtidan qaytdimi?
Olam
−
26 iyun 2022
17313Ukraina NATOga a’zo bo‘lish uchun qadam tashlamaydi, chunki alyans a’zolari mamlakatning intilishlarini rad etishdi. Bu haqda Ukraina Prezidenti devoni rahbari o‘rinbosari Igor Jovkva “The Financial Times” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Qayd etilishicha, Kiyev Ukraina NATOga qo‘shilishi qisqa muddatda amalga oshishi mumkin emasligini tan oladi, biroq ittifoq hamkorlikni yana bir bor tasdiqlashini istaydi.
Bundan tashqari, Kiyev rasmiylari alyans a’zolari tashkilotning kelgusi o‘n yillikdagi strategik yo‘nalishini belgilab beradigan Ispaniyadagi yig‘ilishda NATO Ukrainaning Yevropa xavfsizligidagi rolini tan olishini kutmoqda.
Jovkvaning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina, shuningdek NATO strategik konsepsiyasidan Rossiyaning hamkor sifatidagi har qanday eslatmalar olib tashlanishini istaydi.
“Biz NATOning strategik konsepsiyasida bosqinchi Rossiyaga nisbatan kuchliroq va qattiqroq ogohlantirishlar bo‘lishini kutamiz. Bu mening NATO a’zolariga Rossiyaga nisbatan qoidalarni shakllantirishdagi chaqiruvim ", deydi u.
Avvalroq, iyun oyi boshida Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov NATO bo‘lajak sammitda Ukrainaga alyansga “de-yure” emas, balki “de-fakto” a’zolikni berish masalasini ko‘rib chiqishi kerakligini ta’kidlagan edi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina allaqachon ushbu strategiyaning bir qismi bo‘ladi, chunki u “Yevropaning sharqiy qanotining bir qismiga, NATO davlatlarining sharqiy qanotiga, Yevropa Ittifoqining sharqiy qanotiga ega”.
Ma’lumot o‘rnida, Ukrainaning NATOga kirish imkoniyati kamida so‘nggi o‘n yilliklarda muhokama qilinmoqda. O‘tgan aprel oyida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy NATO a’zoligini Donbassdagi mojaroga barham berishning yagona yo‘li deb atagan edi.
Kreml esa Ukrainaning alyansga kirishi Rossiya xavfsizligiga tahdid solayotganini bir necha bor ta’kidlagan, NATOni esa Ukrainani qurol-yarog‘ bilan “to‘ldirganlikda” va “infratuzilmasi bilan” mamlakat hududiga “bostirib kirganlikda” ayblangan.
LiveBarchasi