Ukraina Xitoy va Braziliya tashabbuslarini ko‘rib chiqishi mumkin

Olam

image

Ukraina Xitoy, Braziliya va boshqa mamlakatlarning muqobil tinchlik tashabbuslarini ko‘rib chiqishi, ular Ukraina tinchlik formulasiga kiritilishi mumkin. Bu haqda Prezident devoni rahbari Andrey Yermak “Corriere Della Sera” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, noyabr oyi boshida Ukraina tinchlik formulasini yakunlaydi. Yermak muqobil tinchlik tashabbuslari ko‘rib chiqilishi mumkinligini istisno qilmaydi.

“Noyabr oyi boshida biz tinchlik formulamizni yakunlaymiz va Zelenskiy shundan so‘ng Xitoy, Braziliya, Janubiy Afrika va shunga o‘xshash boshqa tashabbuslarni biznikiga integratsiya qilish uchun tinglashga tayyorligini aytdi. Shunda bizning taklifimiz sezilarli qo‘llab-quvvatlanadi. Biz Rossiya bilan muzokaralar uchun Global Janubning kuchi va qo‘llab-quvvatlashini his qilganimizda xalqaro konferensiyani o‘tkazishga tayyor bo‘lamiz”, dedi Yermak.

Prezident devoni rahbari ikkinchi tinchlik sammiti kelasi yilga ko‘chirilishi mumkinligini tasdiqlamadi. Uning ta’kidlashicha, sammit "tegishli sharoitlar mavjud bo‘lganda" o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning iyun oyida Shveysariyada bo‘lib o‘tgan birinchi tinchlik sammitiga 90 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etdi. Biroq Rossiya unga taklif etilmadi. Biroq keyinchalik Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy joriy yilning noyabr oyida AQSHda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovidan oldin Rossiya ham Ukraina masalasi yuzasidan tinchlik sammitining ikkinchi qismida ishtirok etishi kerakligini aytdi. Biroq Rossiya Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Mixail Galuzin Rossiya Ukraina bo‘yicha tinchlik sammitlarida ishtirok etish niyatida emasligini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Andrey Ermak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing