Ukraina Kanadadan Rossiyaga “Shimoliy oqim” uchun turbina bermaslikni so‘radi

Olam

image

Ukraina Kanadadan “Shimoliy oqim” gaz quvuri uchun turbinani Rossiyaga bermaslikni so‘radi. Bu haqda Ukraina Energetika vazirligining yuqori martabali xodimiga tayanib, “Reuters” agentligi xabar berdi.

Kiyev rasmiylariga ko‘ra, Monrealda ta’mirlanayotgan turbinaning Rossiyaga o‘tkazilishi Moskvaga qarshi sanksiyalarni buzish bo‘ladi. 

“Sanksiyalar [Rossiyadan] har qanday gaz uskunasini o‘tkazishni taqiqlaydi. Agar Xudo ko‘rsatmasin, bu qaror (Rossiyaga truba berish) ma’qullansa, biz, shubhasiz, yevropalik hamkasblarimizga o‘z yondashuvlarini qayta ko‘rib chiqish uchun murojaat qilamiz. Agar davlatlar sanksiyalar bo‘yicha kelishib olingan qarorlarga rioya qilmasalar, unda qanday birdamlik haqida gapirish mumkin?", deydi Ukraina rasmiylaridan biri. 

Avvalroq, Germaniya vitse-kansleri, Iqtisodiy ishlar va iqlimni muhofaza qilish vaziri Robert Xabek Kanadani gaz quvurida profilaktika ishlari boshlanishidan oldin “Shimoliy oqim” uchun turbinani yetkazib berish masalasini hal qilishga chaqirgandi. 

Bundan tashqari, vazir Rossiyaga qarshi “Yevropa Ittifoqining navbatdagi qattiq sanksiyalar paketi qabul qilinishini birinchi bo‘lib himoya qilishga tayyor”. Uning fikricha, qattiq sanksiyalar G‘arb davlatlari iqtisodiga emas, balki Rossiyaga ko‘proq zarba berishi kerak. 

Xabekning so‘zlariga ko‘ra, agar Kanada uning talabini qondirsa, Rossiya Federatsiyasi ta’mirlash ishlari tugallangandan so‘ng, Yevropani gaz bilan ta’minlashda turbina yo‘q, deya bahona qila olmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

185

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing