Ukraina Qrimni Rossiya tarkibida ko‘rsatgani uchun FIFA’dan uzr so‘rashni talab qildi
Sport
−
21:41
2108Ukraina Tashqi ishlar vazirligi spikeri Georgiy Tixiy va Ukraina futbol assotsiatsiyasi Qrim Rossiyaning bir qismi sifatida ko‘rsatilgan xarita tufayli Xalqaro futbol federatsiyasidan (FIFA) uzr so‘rashni talab qildi. Bu haqda Tixiy o‘zining X sahifasida post joyladi.
“Yaxshimisiz, FIFA? Kechagi efirda xalqaro chegaralarni o‘zgartirish orqali siz nafaqat xalqaro huquqni buzdingiz, balki Rossiyaning Ukrainaga qarshi tashviqotini, harbiy jinoyatlarini va tajovuzkorligini qo‘llab-quvvatladingiz. Biz siz uchun xaritani tuzatdik va omma oldida kechirim so‘rashingizni kutamiz”, deb yozgan Tixiy.
Shuningdek, Ukraina futbol assotsiatsiyasi ham FIFA bilan bog‘langan. FIFA Bosh kotibi Mattias Grafstryom va Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Bosh kotibi Teodor Teodoridisga yo‘llangan maktubda bunday xarita “mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan” va “FIFA va UEFA’ning bir-biriga mos kelmaydigan pozitsiyasi” ekani qayd etilgan.
Ma’lumot uchun, 13 dekabr kuni futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionatiga Yevropa qit’asi saralash bosqichi qur’a tashlash marosimi translyatsiyasi chog‘ida turnirda yo‘llari kesishmaydigan davlatlarni ko‘rsatuvchi xarita namoyish etilgan. Unda Qrim Rossiya tarkibida ko‘osatilgan.
Qura tashlash marosimida Ukraina terma jamoasi “D” guruhidan joy olgan. Rossiyaning esa 2022 yilning fevral oyidan boshlab UEFA va FIFA turnirlarida ishtiroki etishi to‘xtatilgan.
LiveBarchasi