Ukraina Qrimdagi Rossiya raketalarini yo‘q qildi

Olam

image

Ukraina Qrimdagi Jankoy shahrida Rossiyaning “Kalibr” raketalarini yo‘q qilganini da’vo qilmoqda. Bu haqda Ukraina razvedka Bosh boshqarmasining rasmiy Telegram kanalida xabar berildi.

Qayd etilishicha, “Kalibr” raketalari ularni temir yo‘l orqali tashish paytida portlatib yuborilgan. Ular Rossiya Qora dengiz flotining yer usti kemalaridan uchirish uchun mo‘ljallangan bo‘lgan. 

“Sirli “paxta” Rossiyani qurolsizlantirish jarayonini davom ettirib, Ukrainaning Qrim yarimorolini deokkupatsiyaga tayyorlamoqda”, deyiladi razvedka boshqarmasi xabarida. 

Qrim rahbari Sergey Aksyonov esa Jankoy hududida havo mudofaasi ishlab chiqilganini, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida uy xo‘jaligi va do‘konga zarar yetganini hamda bir kishi yaralanganini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, Jankoy shahrida yirik temir yo‘l uzeli va harbiy inshootlar mavjud. Bu shahar Xerson viloyatining Rossiya tomonidan bosib olingan qismi yaqinida joylashgan bo‘lib, u orqali rus qo‘shinlari uchun ta’minot yo‘llari o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Qrim Kalibr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing