Ukraina ishi bo‘yicha Slovakiyada 8 kishi qo‘lga olindi

Olam

image

Slovakiya politsiyasi Ukrainaga yordam uchun ajratilgan mablag‘lardan noto‘g‘ri foydalanish ishi doirasida 8 kishini, jumladan, mamlakat Mudofaa vazirligining 4 nafar mulozimini hibsga oldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Ushbu ish Yevropa prokuraturasi tomonidan ochilgan. Jinoyat ishi sababi sifatida 2022 yil urush boshlanganida davlatga qarashli “Konstrukta” mudofaa kompaniyasidan 12 ming dona minomyot o‘q-dorilari xarid qilingani ko‘rsatilmoqda. Prokuratura bu o‘q-dorilar haddan tashqari qimmat narxda sotib olinganini taxmin qilmoqda. Mablag‘lar noto‘g‘ri ishlatilgan summa 7,4 million yevroga yetishi mumkin.

Tergov doirasida politsiya Slovakiyaning sobiq mudofaa vaziri Yaroslav Nadni ham hibsga olishga harakat qilgan, biroq u uyida bo‘lmagan. 

Sobiq vazir unga nisbatan qo‘yilgan gumonlarni “sahna o‘yini”, bu ishni esa “siyosiy nishon olish” deb atagan.

Nadning aytishicha, u hozir Kanadada ta’tilda bo‘lib turibdi va oyning oxirida qaytishni rejalashtirgan. 

“Yana va yana takrorlayman – biz Ukrainaga qanday yordam berganimizdan faxrlanaman. Xuddi shunday ishni yana qilishga tayyorman. Chunki bu insonparvarlik va mas’uliyatdir. Bu – aybsiz qurbonni jirkanch Rossiya tajovuzidan himoya qilish”, deya izoh qoldirgan sobiq vazir. 

Ma’lumot uchun, Yaroslav Nad 2020 yildan 2023 yilgacha Slovakiya mudofaa vaziri lavozimida ishlagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqi mamlakatlari elchilari bilan uchrashuvdan so‘ng mamlakat Bosh vaziri Robert Fitso Slovakiya Ukrainadagi hech qanday harbiy missiyalarda ishtirok etish niyatida emas va unga yordam berish uchun bir sent ham ajratmasligi haqida aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Slovakiya Yaroslav Nad'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing