Ukraina inqirozi Markaziy Osiyoga qanday zarar yetkazdi? 

Olam

image

Ukrainadagi voqealarning Kavkaz mintaqasi va Markaziy Osiyo mamlakatlariga salbiy ta’siri cheklangan, biroq ular uchun vaziyat noaniq, kelajakda bu holat yanada yomonlashishi mumkin. Bu haqda kecha, 7 mart kuni Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori o‘rinbosari Bo Li onlayn seminarda ma’lum qildi.

“Ukrainadagi mojaroning ushbu mamlakatlar iqtisodiyotiga salbiy ta’siri hozircha cheklangan. Biz Kavkaz va Markaziy Osiyo mintaqalarida yalpi ichki mahsulotning 2022 yilga nisbatan 4,7 foizga o‘sishini kutmoqdamiz. Bu ikki oy oldin kutganimizdan sezilarli darajada yaxshi. Ikki oy oldin biz taxminan 2,6% kutayotgan edik”, deydi Bo Li mintaqada yalpi ichki mahsulot o‘sishining prognozlari haqida gapirar ekan.

Bo Lining aytishicha, bunga Rossiyadagi pasayish dastlab kutilgandek jiddiy bo‘lmagani sabab bo‘lgan. U mintaqa davlatlari Rossiya bilan mustahkam iqtisodiy aloqalarni saqlab turishini ta’kidlagan.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, Kavkaz mintaqasi va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, shuningdek, Rossiya Federatsiyasidan “yangi muhojirlar”ning kelishi va “Rossiya kapitalining chetga chiqib ketishi” ijobiy rol o‘ynagan. 

Shu bilan birga, Bo Li mintaqadagi iqtisodiy vaziyatning yomonlashish ehtimoli bor ekanini ta’kidlagan. Biroq Ukrainadagi janglar, shuningdek, Rossiyaga qarshi sanksiyalarning ta’siri borasida katta noaniqlik mavjudligi mintaqadagi iqtisodiy vaziyat qachon va qay shaklda yomonlashishiga oydinlik kiritishga to‘sqinlik qilishini aytgan. 

Ma’lumot uchun, Kavkaz va Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari qatoriga Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing