Ukraina FIFAʼga murojaat bilan chiqdi

Sport

image

Ukraina FIFAʼdan 24 martga belgilangan Shotlandiyaga qarshi JCH-2022 saralashi doirasidagi pley-off o‘yinini keyinga qoldirishni so‘radi. Bu haqda “USA Today” nashri xabar bermoqda.

“FIFA bugun Ukraina futbol assotsiatsiyasidan mart oyiga mo‘ljallangan o‘yinlarini keyinga qoldirish to‘g‘risida so‘rov olganini tasdiqlashi mumkin”, deya FIFA vakillaridan birining so‘zlarini keltiradi Amerika nashri.

Ukraina 24 mart kuni Glazgoda Shotlandiya bilan bahs olib borishi kerak, g‘olib esa besh kundan so‘ng Qatardagi Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Uels yoki Avstriyaga qarshi maydonga tushadi.

Variantlardan biri o‘yinlarni iyun oyidagi milliy terma jamoaning navbatdagi oynasigacha qoldirishdir. Agar shunday qaror qabul qilinadigan bo‘lsa 1 aprel kuni Dohada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan JCH-2022 uchun qur’a tashlash marosimi 32 ishtirokchidan ikkitasisiz o‘tkazilishi mumkin.

Qayd etilishicha, Ukraina terma jamoasining asosiy qismini mahalliy klublar, xususan, Kiyevning “Dinamo” va “Shaxtyor” kabi klublarida to‘p surayotgan futbolchilar tashkil qiladi. Mamlakatda musobaqalar o‘tgan haftada to‘xtatildi va ko‘plab legionerlar xavfsizlik uchun mamlakatni tark etishdi.+

 

Shaxboz Qahhorov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

108

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing