Ukraina “Eurovision” g‘olibi bo‘ldi

Madaniyat-san’at

image

Ukrainaning “Kalush Orchestra” guruhi “Stefaniya” qo‘shig‘i bilan 66-xalqaro “Eurovision” tanlovida g‘olib chiqdi. Kecha, 15 may kuni kechqurun Turinda ovoz berish natijalari e’lon qilindi. Bu haqda TASS ma’lum qildi.

Hakamlar hay’ati a’zolari va tomoshabinlarning umumiy ovoz berish natijalariga ko‘ra jamoa eng ko‘p ovoz bilan 631 ball to‘plagan holda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ta’kidlash joizki, bu Ukrainaning “Eurovision”dagi uchinchi g‘alabasi bo‘ldi.

Ikkinchi o‘rin Buyuk Britaniyaga, uchinchi o‘rin esa Ispaniyaga nasib etdi. Italiya vakillari – Mamuda va Blanko dueti oltinchi o‘rinni egalladi. Tanlov bu yil “Go‘zallik sadosi” shiori ostida o‘tkazildi.

25 fevral kuni tanlov tashkilotchisi bo‘lgan Yevropa radioeshittirishlar ittifoqi Ukrainadagi voqealar tufayli Rossiya “Eurovision”da ishtirok etmasligini ma’lum qildi. Ertasi kuni Butunrossiya davlat teleradiokompaniyasi, Perviy kanal va “Ostankino” radio uyi ushbu tashkilotdan chiqishini e’lon qildi. Shouning ijrochi prodyuseri Klaudio Fazulo avvalroq rossiyaliklar “Eurovision” ishtirokchilariga ovoz bera olmasligini, chunki Rossiya Federatsiyasi tadbirda ishtirok etmasligini ma’lum qilgandi.

 

Kamronbek Kenjayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

116

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing