Ukraina energiya inqiroziga uchragan Germaniyaga yordam bermoqchi

Olam

image

Ukraina Yevropa Ittifoqining qator mamlakatlariga elektr energiyasi eksport qilyapti va Germaniyaga ham yetkazib berishga tayyor. Bu haqda Ukraina Bosh vaziri Denis Shmigal ma’lum qildi. 

“Hozir Ukraina Moldova Ruminiya, Slovakiya va Polshaga elektr energiyasini eksport qilyapti. Ammo biz, albatta, Germaniyani ham eksportga qo‘shishga tayyormiz”, degan Bosh vazir.

Shmigal Ukraina atom elektr stansiyalari quvvatidan foydalangan holda, katta hajmdagi elektr energiyasi ishlab chiqarishi mumkinligini qayd etgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masalani u Berlinga, keyin esa Bryusselga tashrifi chog‘ida ko‘tarishini aytgan.

“Ukraina YeIga yetkazib berish hajmini oshirmoqchi, chunki bu har ikki tomon uchun ham foydali bo‘ladi. Yevropa Ittifoqi energiya oladi, biz esa zudlik bilan zarur bo‘lgan valyutani olamiz”, deya qo‘shimcha qilgan Shmigal.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina Bosh vaziri  Denis Shmigal Yevropa Ittifoqini Rossiya fuqarolariga turistik va talabalik vizalarini berishga taqiq joriy etishga chaqirgan edi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

208

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing