Ukraina elektr va suv ta’minotisiz qolishi mumkin

Olam

image

Ruslar tomonidan energiya infratuzilmasiga raketa hujumlari Ukraina bo‘ylab elektr va suv ta’minotida uzilishlarga olib kelishi mumkin. Bu haqda Ukraina Prezidenti devoni rahbari o‘rinbosari Kirilo Timoshenko ma’lum qildi.

“Bizda hozir butun mamlakat bo‘ylab og‘ir vaziyat mavjud. Bir mintaqa boshqasiga bog‘liq. Shuning uchun elektr ta’minoti, suv yoki issiqlik ta’minotida uzilishlar bo‘lishiga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak”, deydi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugun raketa hujumlari oqibatida energetika infratuzilmasi ob’ektlari zarar ko‘rgan.

“Avvalo, Jitomir viloyatidagi ob’ektlardan biri vayron bo‘ldi. Jitomirda hozir na elektr, na suv bor”, deydi u.

Timoshenkoning aytishicha, Nikolayev va Dneprdagi infratuzilma ob’ektlari ham zarar ko‘rgan.

“Kiyev shahrida energetika sohasidagi yirik ob’ektga zarba berildi. Bu binoda ko‘p narsa vayron qilingan. Hozir Troyeshina va shaharning ayrim hududlarida suv ta’minoti va elektr ta’minoti yo‘q”, deydi u.

Shuningdek, u yaqin orada suv va elektr ta’minoti tiklanishini qo‘shimcha qilgan.

U Ukraina yaqin kelajakda og‘ir kunlarni boshidan kechirishini va elektr tokida uzilishlar bo‘lishini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 18 oktyabr kuni 10 oktyabrdan beri mamlakatdagi elektr stansiyalarining 30 foizi vayron bo‘lganini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

225

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing