Ukraina bo‘ylab “trevoga” signali berildi

Olam

image

Ukrainaning barcha hududlarida bir kun ichida ikkinchi marta havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilindi. Bu haqda Ukrainaning “Strana” nashri xabar berdi. 

Bugun, 11 oktyabr kuni ertalab butun mamlakat bo‘ylab havo ogohlantirishi ham e’lon qilindi. Kiyev viloyatidagi favqulodda vaziyatlar davlat xizmati portlash xavfi haqida favqulodda ogohlantirishlar yubordi. 

Ukraina ommaviy axborot vositalari Dnepr viloyatida ham yangi portlashlar haqida xabar bermoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa tizimi ishlamoqda. 

11 oktyabr kuni ertalab Kiyev, Odessa, Vinnitsa, Xmelnitskiy va Nikolayev viloyatlarida, shuningdek, Rivne va Krivoy Rogda portlashlar sodir bo‘lgani xabar qilingandi. 

“Biz Rossiya bilan birgamiz” harakati raisi Vladimir Rogov ham ertalab Zaporojeda kamida 16 ta portlash sodir bo‘lgani, shaharning bir qancha tumanlarida yong‘in chiqqani haqida xabar berdi. Keyinchalik Zaporojedagi yangi portlashlar haqida ma’lum bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

559

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing