Ukraina bo‘ylab “trevoga” signali berildi

Olam

image

Rossiya harbiylari Ukraina bo‘ylab zarba berayotgani fonida mamlakatning barcha hududlarida havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilindi.

RF Qurolli Kuchlarining hujumi oqibatida Kiyevda erta tongda portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda bugun, 17 oktyabr kuni Ukraina poytaxti meri Vitaliy Klichko o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“Shevchenko tumanida – poytaxt markazida portlash yuz berdi. Barcha xizmatlar voqea joyiga yo‘l oldi. Tafsilotlar keyinroq. Havo hujumi davom etmoqda. Boshpanada qoling!”, deb yozgan Klichko.

Birinchi postidan olti daqiqa o‘tgach, u Shevchenko tumanida yana bir portlash bo‘lgani haqida xabar berdi.

Kiyev viloyati harbiy ma’muriyati boshlig‘i Aleksey Kuleba kiyevliklarni havo ogohlantirishlarini hisobga olishga chaqirdi. Shuningdek, Sumi viloyati ma’muriyati ham muhim infratuzilma ob’ektlariga raketa hujumi uyushtirilgani haqida xabar bergan.

Hujum haqida batafsil ma’lumot berilmagan. Shuningdek, qurbonlar bor-yo‘qligi haqida ma’lumot yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya 10 oktyabr kuni Kiyev, Dnepr va Ukrainaning boshqa bir qator shaharlarini kuchli raketa zarbalariga duchor qildi. Ukraina butun mamlakat bo‘ylab havo ogohlantirishini e’lon qildi. Kiyevda, shuningdek, Ukrainaning boshqa hududlarida, jumladan Dnepr viloyati, Odessa va Xarkovda ertalab bir qator portlashlar sodir bo‘ldi.

Hujumlar oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi, 60 ga yaqin odam jarohatlandi. Mahalliy Telegram kanallari xabariga ko‘ra, portlashlar Ukraina xavfsizlik xizmati ma’muriyati binosi hududida, shuningdek, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Volodimirska ko‘chasidagi kabinetlaridan birida sodir bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

237

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing