Ukraina Bosh vaziri rossiyaliklar uchun turistik vizalarni taqiqlashga chaqirdi

Olam

image

Ukraina Bosh vaziri  Denis Shmigal Yevropa Ittifoqini Rossiya fuqarolariga turistik va talabalik vizalarini berishga taqiq joriy etishga chaqirdi. Bu haqda u bugun, 2 sentyabr kuni Germaniyaga tashrifi oldidan bergan intervyusida aytgan.

"Rossiya jamiyati uchun sayyohlar va talabalarga viza berishni taqiqlash kerak", deydi Bosh vazir

Shmigalning qayd etishicha, rossiyaliklarning qariyb 80 foizi Ukrainaga qarshi urushni qo‘llab-quvvatlaydi.

"Afsuski, bu faqatgina Putinning urushi emas. 200 ming rus askari Ukrainaga qarshi jang qilmoqda. Ularning oilalari ham qarshi emas, butun aholi bu urushni qo‘llab-quvvatlamoqda", deydi siyosatchi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ruslarni yaxshi va yomonga bo‘lish mumkin emas. Biroq, ba’zi Rossiya fuqarolarining G‘arbda yaxshi yashashlari, ta’tilga chiqishlari, shirin hayot kechirishlariga chidab bo‘lmaydi.

Ma’lum bo‘lishicha, Shmigal 3 sentyabr kuni Berlinga keladi, ertasi kuni esa Germaniya kansleri Olaf Shols bilan uchrashadi.

Shuningdek, Ukraina hukumati rahbari Germaniya hukumatiga ko‘rsatilgan moliyaviy yordam uchun minnatdorlik bildirib, keyingi yordamga umid qilmoqda. Uning aytishicha, Kiyev yaqinda Yevrokomissiyadan 1 milliard yevro miqdoridagi birinchi transhni olgan va shu yilning sentyabr oyida yana 5 milliard yevro kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina xorijiy donorlardan olgan moliyaviy yordam miqdori 4,6 milliard dollarni tashkil etadi

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

35

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing