Ukraina bilan muzokaralar to‘xtatildi – Rossiya TIV
Olam
−
17 may 2022
13837Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko Ukraina bilan muzokaralar to‘xtatilganini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant” nashri xabar berdi.
“Yo‘q, muzokaralar davom etmayapti, ular hech qanday shaklda olib borilmayapti. Ukraina muzokaralar jarayonidan amalda chiqib ketdi”, deydi Rudenko.
Keyinroq Ukraina Prezidenti devoni maslahatchisi Mixail Podolyak brifingda Andrey Rudenkoning so‘zlarini tasdiqlagan.
“Ukraina va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi muzokaralar jarayoni to‘xtatildi. Biroq, u qayta tiklanadi va menimcha, Zelenskiy moderator bo‘ladi”, deydi Podolyak.
Eslatib o‘tamiz, RF Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya va Ukraina mumkin bo‘lgan shartnoma loyihasi bo‘yicha deyarli har kuni videoaloqa orqali muzokaralar o‘tkazayotganini ma’lum qilgandi.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa Rossiya bilan muzokaralar jarayoni “juda sekin” kechayotganini va “har qanday suhbatni” to‘xtatish xavfi yuqori ekanligini aytgandi.
Keyinchalik RF Prezidenti yordamchisi Vladimir Medinskiy Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar to‘xtamagani, ular masofadan olib borilayotganini aytgan.
Biroq, 13 may kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Germaniya kansleri Olaf Shols bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida muzokaralar Kiyev tomonidan bloklanganini da’vo qilgan.
LiveBarchasi