Ukraina Belgorodga bomba yoğdirdi. Qurbon bor
Olam
−
12:39 588 3 daqiqa
Bugun, 25 oktyabrga ötar keçasi Ukraina kurolli kuçlari Belgorodga ommaviy ravişda hujum qildi. Oqibatda bir kişi halok böldi, yana 14 kişi tan jarohati oldi. Bu haqda hudud gubernatori Aleksandr Şuvayev ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, jabrlanganlarning sakkiz nafari şahar şifoxonalarining statsionar bölimlarida qolmoqda. Zarur bölgan taqdirda ular federal klinikalarga yuboriladi. Olti kişi esa ambulator şaroitda davolanmoqda.
Şuvayevning aytişiça, hujum davomida 30 ta köp qavatli va törtta hovli uy, şuningdek, uçta ma’muriy bino, sakkizta tijorat va uçta ijtimoiy ob’ekt zarar körgan. Bundan taşqari, 35 ta avtomobilga şikast yetkazilgan. Belgorod meri Valentin Demidov “uy-joy fondining sezilarli darajada vayron bölgani”ni aytgan va 53 kişi vaqtinçalik joylaştiriş punktlari xizmatidan foydalanişga qaror qilganini ma’lum qilgan.
“Pepel” ma’lumotlariga köra, dronlar “MegaGrinn” savdo-köngiloçar markaziga va “Parij” turar joy majmuasi hovlisiga tuşgan. Ukrainaning “Supernova+” monitoring kanali ham maydoni 163 ming kvadrat metrdan oşadigan “MegaGrinn” savdo-köngiloçar markaziga berilgan zarba haqida yozmoqda. Bugun, 25 oktyabr kuni ertalab ob’ekt ma’muriyati heç qanday sabablarni izohlamasdan, markaz işlamayotganini ma’lum qilgan.
Bundan taşqari, Ukraina Qurolli kuçlari Kursk viloyatiga ham hujum qilgan. Gubernator Aleksandr Xinşteynning xabar berişiça, Xomutovka tumanida energetika ob’ekti zarar körgan, oqibatda 104 ta aholi punkti va ularda yaşovçi 11 mingga yaqin iste’molçi elektr ta’minotisiz qolgan. Bolşesoldatskiy tumanining Kozirevka qişloğida FPV-dron avtomobilga hujum qilib, 30 yoşli erkak jarohat olgan.
Lipetsk şahrining Bunin köçasida töxtab turgan bir neçta avtomobil yonib ketgan. Viloyat gubernatori Igor Artamonov bunga dron parçalarining tuşişi sabab bölganini aytgan, biroq mahalliy çatlarda şahar aholisi bu da’voga şubha bildirmoqda. Ularning aytişiça, atrofdagi uylarning 11-qavatigaça “dereza romlari va oynalari uçib ketgan”. Ularning sözlariga köra, jabrlanganlar bor.
Rostov viloyati gubernatori Yuriy Slyusar keçasi viloyatning beşta tumanida: Verxnedonskoy, Millerovo, Kaşari, Çertkovo va Şoloxov tumanlarida 50 dan ortiq dron yöq qilinganini ma’lum qilgan. U jabrlanganlar haqida ma’lumot tuşmaganini qöşimça qilgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi mamlakatning 22 ta hududi, anneksiya qilingan Qrim va Azov dengizi akvatoriyasi tepasida Ukrainaning 532 ta droni yöq qilingani haqida hisobot bergan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina dronlari Rossiyaning Omsk viloyatiga – Rossiyaning 2500 km içkarisidagi Ozon omboriga hujum qilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi