Ukraina Belgorodga hujum uyushtirdi. Qurbonlar bor
Olam
−
31 avgust
11277Ukrainaning kecha, 30 avgust kuni kechki payt Rossiya janubi-g‘arbidagi Belgorod shahriga uyushtirgan hujumi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, 46 kishi yaralandi. Bu haqda gubernator Vyacheslav Gladkov ma’lum qildi.
Bildirilishicha, bir ayol va to‘rt erkak tez yordam yetib kelguniga qadar olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida halok bo‘lgan. 37 nafar tinch aholi, jumladan, 6 nafar bola yaralangan. Yetti nafar kattalar va uch nafar bolaning ahvoli og‘ir. Barcha jabrlanganlar Belgoroddagi tibbiyot muassasalariga yetkazilgan.
Gladkovning aniqlik kiritishicha, Ukraina snaryadlari ko‘p qavatli uy, bir nechta savdo ob’ektlari va yo‘lovchi vagoniga tushgan. Belgorod tumanining Dubovoye qishlog‘ida ikkita xususiy uy va 13 ta avtomobil yonib ketgan.
Rasmiylar, shuningdek bugun, 31 avgust kuni Belgorod viloyatiga chegaradosh Shebekino shahrida o‘qqa tutilgan bir ayol yaralanganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya hujumlari ortidan NATO Ukrainaga harbiy yordamini kengaytirayotgani xabar qilingan edi.
LiveBarchasi
26 noyabr