Ukraina Belarus bilan aloqalarini to‘xtatib qo‘ydi

Olam

image

Ukraina Belarus bilan barcha aloqalarni vaqtincha to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba “1+1” telekanali efirida aytib o‘tgan. 

“Bizda belarus tomoni bilan barcha aloqalar va jarayonlar to‘xtatib qo‘yilgan. Men bu haqida sizga rasman ma’lum qilishim mumkin. Biz vaziyatning borishi ortidan kuzatmoqdamiz. Aloqalar Ukrainaning obro‘siga hamda unga ma’naviy, axloqiy tomondan putur yetkazmasligiga ishonch hosil qilsak, ularni yana tiklaymiz”, degan Kuleba.

Uning ta’kidlashicha, Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy belaruslik hamkasbi Aleksandr Lukashenko bilan oxirgi marta Belarusda 9 avgustda o‘tgan Prezident saylovlari oldidan so‘zlashgan.

Ma’lumot uchun, 9 avgust kuni Belarusda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda 80,1 foiz ovoz to‘plagan amaldagi davlat rahbari Aleksandr Lukashenko g‘alaba qozondi.

Minsk va boshqa shaharlarda Lukashenko va saylov natijalariga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi. Shundan beri har kuni Prezidentdan norozi odamlar namoyishga chiqyapti. Belarusda namoyishlar ortiqcha to‘s-to‘palonlarsiz bo‘lyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Belarus'-Ukraina

Baholaganlar

109

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar