Ukraina atrofida inqiroz chiqargan Rossiya Venesuela bilan kelishib oldi
Olam
−
17 fevral 2022
11509Rossiya va Venesuela harbiy sohadagi hamkorlik rejalarini ko‘rib chiqdi hamda Janubiy Amerika mamlakatida tinchlik, shuningdek suverenitetni himoya qilish uchun uni amalga oshirishga kelishib oldi. Bu haqda Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro ma’lum qilgan.
“Biz harbiy hamkorlikni (Rossiya bilan – tahr.) ko‘rib chiqdik. Tinchlik, suverenitet, hududiy yaxlitlikni himoya qilish uchun Rossiya va Venesuela o‘rtasida kuchli harbiy hamkorlik yo‘nalishini tasdiqladik”, deydi Prezident.
Maduroning so‘zlariga ko‘ra, Bolivar qurolli kuchlari qo‘mondoni general Vladimir Padrino Lopes va Venesuela armiyasi bosh shtabi Rossiya bilan hamkorlikni kengaytirish hamda harbiy tayyorgarlik bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar olgan.
Qayd etish kerakki, Rossiyaning Ukraina chegarasi va Belarusda o‘tkazayotgan mashg‘ulotlari sabab Sharqiy Yevropada vaziyat keskinlashgan. G‘arb Rossiyani Ukrainaga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda ayblamoqda. Ukraina chegarasida rus qo‘shinlarining to‘planishi ortidan munosabatlarda inqiroz yuz berdi.
LiveBarchasi