Ukraina AQSH mustamlakasiga aylantirildi – Volodin
Olam
−
16 iyun 2022
9875Kiyev rejimi o‘z xalqi tarixini yo‘q qilib, Ukrainani AQSH mustamlakasiga aylantirdi. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin Telegram sahifasida yozib qoldirgan.
“Kiyev rejimi o‘z xalqi tarixini yo‘q qilib, Ukrainani AQSH mustamlakasiga aylantirdi. [Ukraina Prezidenti Vladimir] Zelenskiy uchun navbatdagi qadam Kiyev nomini Nulandga (AQSH Davlat kotibi o‘rinbosari sharafiga) o‘zgartirish bo‘lishi kerak”, deydi Volodin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2014 yil fevralida Ukrainada amalga oshirilgan davlat to‘ntarishidan so‘ng, Kiyev rasmiylari tarixni doimiy ravishda qayta yozishmoqda.
"Maktablar va universitetlar Ukraina uchun Ulug‘ Vatan urushi emas, balki Ikkinchi Jahon urushi bo‘lganini tushuntira boshladilar. Ular 9 mayni 8 mayga almashtirdilar", deydi Davlat dumasi spikeri.
Bundan tashqari, u Ukrainada g‘alaba ramzi – Georgiy lentasi taqiqlanganini aytib o‘tgan.
LiveBarchasi