Ukraina 2025 yilda Chexiya sabab 850 ming snaryad oldi

Olam

image

2025 yil boshidan beri Ukraina Chexiya tashabbusi doirasida 850 ming dona yirik kalibrli artilleriya snaryadlarini qabul qilgan. Bu haqda Chexiya Mudofaa vazirligiga aloqador shaxs “Reuters”ga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Ma’lum qilinishicha, olingan barcha qurollarning 320 mingtasi 155 millimetr kalibrli o‘q-dorilar sanaladi. 

2024 yilda esa ushbu tashabbus doirasida Ukrainaga 1,5 million dona snaryad yetkazilgan bo‘lib, ularning 500 mingtasi 155 millimetr kalibrda bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, 2022 yil 24 fevraldan keyin Chexiya uchinchi mamlakatlardan Ukraina Qurolli kuchlari uchun o‘q-dorilar sotib olish tashabbusi bilan chiqqan edi. Bu tashabbusni G‘arb davlatlari moliyalashtirmoqda va G‘arbiy Yevropaning bir qator OAVlariga ko‘ra, hozirgacha unga taxminan 20 davlat qo‘shilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq NATOning Yevropadagi uchta davlati – Fransiya, Italiya va Chexiya Ukraina uchun Amerika qurollariga pul to‘lash tashabbusida ishtirok etishdan bosh tortgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Chexiya Ukraina snaryad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing