Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimlarining o‘q-dorilari tugadi – “Financial Times”

Olam

image

Ukraina Rossiya havo hujumlaridan himoyalanishi uchun mo‘ljallangan mudofaa tizimining o‘q-dorilari tugadi. Bu haqda “Financial Times” nashri yozdi.

Nashrning ta’kidlashicha, Kiyev o‘q-dorilarni qo‘rqinchli sur’atda sarflamoqda. Xususan, Ukraina havo mudofaasining asosi bo‘lgan S-300 va “Buk” zenit-raketa komplekslari uchun o‘q-dorilar va ehtiyot qismlari tugab qolganiga e’tibor qaratilgan.

Kiyevdagi Razumkov tahlil markazi xodimi Aleksiy Melnikning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada qanotli raketalarning katta arsenali bor. Rossiyada raketalar kutilmagan tarzda tugab qolishi mumkin, deb o‘ylash yaxshi strategiya emas.

Kecha, 12 dekabr kuni G7 (katta yettilik) davlatlari Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatish davom etishini bildirdi. Katta yettilik Ukraina Qurolli kuchlarini havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan ta’minlashga urg‘u beradi.

G7 davlatlari Rossiya Ukrainaga qarshi urush boshlaganidan beri Kiyevga faol ravishda qurol yetkazib bermoqda. G7 mamlakatlarining Tashqi ishlar vaziri joriy yilning may oyida uchrashuv o‘tkazib, Ukrainaga zarur bo‘lganda yordam ko‘rsatishga kelishib olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

337

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing