Uxandan O‘zbekiston fuqarolarining Vatanga qaytishiga taqiq o‘rnatildi

Olam

image

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Xitoyda bo‘lib turgan yoki ushbu davlatga tashrif buyurmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga navbatdagi murojaat bilan chiqdi. 

O‘zbekistonning Pekin shahridagi Elchixonasi va Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasining xabar qilishicha, Immigratsiya boshqarmasi bergan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Xubey provinsiyasida 166 nafar O‘zbekiston fuqarosi doimiy asosda yashamoqda. Joriy yilning yanvar oyida provinsiyaga 14 o‘zbekistonlik borgan.  

Kecha, 26 yanvar kuni Xitoy huquqni muhofaza qilish organlari Uxan shahri va unga yaqin joylashgan Xubey provinsiyasining boshqa shaharlarida istiqomat qiluvchilarning karantin hududidan chiqib ketishlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralarni kuchaytirgan. Rasmiy idoralar virusni yuqtirganlar, ayniqsa, u yerda bo‘lib turgan xorijiy fuqarolar profilaktikasiga katta e’tibor qaratmoqda. 

“Elchixona Xitoyning tegishli hukumat idoralari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi, hamyurtlarimizga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatishda davom etmoqda va ular o‘rtasida tushuntirish ishlari olib bormoqda. Xususan ijtimoiy tarmoqlarga aholini sarosimaga soluvchi mish-mishlarni rad etuvchi videomateriallarni hamda zaruriy ehtiyot choralarini ko‘rish bo‘yicha eslatmalarni joylashtirmoqda. 

Elchixona yanvar oyida Uxandan vatanga qaytib kelgan o‘zbekistonlik talabalarni zudlik bilan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-yepidemiologik osoyishtalik agentligi bilan +998909882330 (direktor o‘rinbosari B.Qurbonov),  +998972755074 (bosh mutaxassis F. Qurbonbekov) telefon raqamlari orqali bog‘lanishni qat’iy tavsiya qiladi”, deyiladi xabarda. 

Qayd etilishicha, hozirda Xitoy tomoni Uxan shahridan chet el, jumladan O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilishga taqiq qo‘ygan va bu taqiq bekor qilingani yo‘q.  

Tashqi ishlar vazirligi Xitoy hududidagi O‘zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda istalgan vaqtda mamlakatimizning Pekin shahridagi Elchixonasiga +86 135 1102-4242 (Bobur Yaxyayev),  +86 139 1175-4476 (Shuhrat Umirov) telefon raqamlari orqali hamda Chanxay shahridagi Bosh konsulxonasiga +86 131 2255-5772 (Aziz Ulug‘bekov) telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

901

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing