Uxandagi koronavirus bo‘yicha tekshiruv natijalari e’lon qilindi

Olam

image
Bugun, 9 fevral kuni Uxan shahrida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) missiyasi natijalariga bag‘ishlangan maxsus brifing bo‘lib o‘tdi. Ushbu brifingda mutaxassislar quyidagi xulosalari bilan o‘rtoqlashdi.

COVID-19 virusining laboratoriyada yaratilgani haqidagi qarash va taxminlar haqiqatdan yiroq. Bu haqda JSSTning Uxan shahridagi missiyasi rahbari Ben Embarek ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusning kelib chiqishi haqidagi haqiqatga yaqin gipoteza bu – virusning hayvondan odamga yuqishi.

Shuningdek, Embarek muzlatilgan oziq-ovqat mahsuloti yuzasidan virus yuqishi bilan bog‘liq versiyasining ham ehtimolligi yuqoriligini ta’kidlagan.

Olimlar koronavirusning yangi turi Uxan shahrida 2019 yil dekabrida kasallik avj olgan paytdan oldin ham mavjud bo‘lgani haqida dalil topisha olmagan. Bu haqda Sinxua universiteti va Vanke jamoat salomatligi va valeologiya instituti prorektori Lyan Vannyan ma’lum qilgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, 2019 yil dekabr oyida avj olishni boshlagan koronavirus Uxan shahridagi “Xuanan” bozoridan tashqari boshqa bozorlarda ham bo‘lgan.

Lyan Vannyanning aytishicha, olimlar yovvoyi tabiatda pandemiya keltirib chiqaradigan SARS-CoV-2 shtammini uchratmagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, global pandemiya keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan virus, albatta, inson muhitiga yaxshi moslashish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, JSST mutaxassislari SARS-CoV-2 koronavirusini ko‘rshapalakdan odamga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqishi ehtimolini juda past baholagan. Yangi turdagi koronavirus manbasiga aylangan hayvon esa hali aniqlanmagan.

Maqola muallifi

Teglar

JSST Xitoy Uxan' COVID-19 missiya

Baholaganlar

687

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing