Uka akasini ketmon bilan urib, o‘ldirib qo‘ydi

3-sahifa

image

Navoiy shahrida qurilishda ishlayotgan uka pul talashib, akasini ketmon bilan urib o‘ldirdi. Bu haqda “Yangi davr” ko‘rsatuvida ma’lum qilindi

Ma’lum bo‘lishicha, samarqandlik aka-uka Navoiy shahridagi qurilishda ishlayotgan bo‘lgan. To‘satdan ular orasida 12 million so‘m pul sabab kelishmovchilik kelib chiqqan. Jahl ustida uka ketmon bilan akasiningning bosh qismiga urishi oqibatida jabrlanuvchi ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan. 

Qayd etilishicha, janjal kelib chiqqanda har ikki shaxs ham mast holda bo‘lgan. 

Ma’lumot o‘rnida, akaning bir nafar, ukaning esa ikki nafar farzandi bor.

Hozirda ukaga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1033

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing