O‘quvchisini urib, quloq pardasini yirtib yuborgan maktab direktori “uchdi”
Jamiyat
−
20 Oktabr 2022
7169Avvalroq Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi 61- umumta’lim maktabi direktori shu maktabning 6-sinf o‘quvchisi D.H.urishi oqibatida, bolaning quloq pardasi yirtilgani haqida xabar bergan edik.
Samarqand viloyat xalq ta’limi boshqarmasi ishchi guruhi holat bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi. Bu haqda viloyat XTB Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 12 oktyabr kuni soat taxminan 13:30 larda Urgut tumani 61-maktabning 6-sinfida dars o‘tayotgan ona tili va adabiyot o‘qituvchisi koridorda direktorning ovozini eshitgach, bolalar darsga quloq solmasdan pirotexnika vositalarini portlatayotganidan shikoyat qilgan. Direktor sinf xonaga kirib so‘rab o‘tirmasdan shu sinf o‘quvchisi D.H.ni urib ketadi. Guvohlarning ta’kidlashicha, jabrlanuvchi sinfdagi bezorilikda ishtirok etmagan.
Yuqoridagi holatdan kelib chiqib, Urgut tumanidagi 61- umumta’lim maktabining direktori B.R. Samarqand viloyat Xalq ta’limi boshqarmasining tegishli buyrug‘iga asosan lavozimidan ozod etildi.
Xozirda holat yuzasidan Urgut tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi