O‘quvchining tok urib o‘lishi ortidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

3-sahifa

image

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanining 99-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi vafot etishi ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.  

“Mirzo Ulug‘bek tumanidagi umumta’lim maktabida sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 186 (Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) va 207 (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga kirishildi”, deydi Bosh prokuratura voizi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 noyabr kuni soat taxminan 18:15 larda, Mirzo Ulug‘bek tumani, 99-sonli umumta’lim maktabi 8-“I” sinf o‘quvchisi, Yashnobod tumani, Chilol ota ko‘chasi, 87-uyda yashovchi 2009 yilda tug‘ilgan Amirxon Asqar o‘g‘li Akromxo‘jayev, shu maktab hovlisida sport maydonidan chiqib ketayotgan vaqtida boshi bilan yiqilib, og‘zi ko‘pirib, biroz titrab so‘ng xushidan ketgan va maktab xodimlari tomonidan zudlik bilan tez tibbiy yordamga qo‘ng‘iroq qilingan.

Oradan taxminan 15 daqiqa o‘tganidan so‘ng u tez tibbiy yordam bilan 15-sonli Respublika Kardiologiya markaziga olib ketilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan Amirxon Akromxo‘jayev vafot etgan. 

Sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, Amirxon Akromxo‘jayevning o‘limi “Elektr jarohati, elektr toki yoyidan zaharlanish, o‘tkir nafas yurak-qon tomir yetishmovchiligi, bosh miya va o‘pka shishi, chap qo‘l kaft sohasi elektr tamg‘asi” natijasida yuz bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing