O‘quvchilar uchun kasblar ro‘yxati yana 26 taga ko‘payadi
Jamiyat
−
21 may 2019
188022018-2019 o‘quv yilida jami 737 642 nafar 10-11 sinf o‘quvchisiga kasb-hunar o‘rgatish uchun 1 ming 748 ta o‘quv-ishlab chiqarish majmuasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bugunga qadar o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida o‘quvchilarga 51 ta kasb o‘rgatib kelinmoqda. O‘quv yili yakuniga qadar dasturda belgilangan bilimlarni o‘zlashtirgan o‘quvchilarga kasb malakasi diplomi beriladi.
2019-2020 o‘quv yilidan o‘quv muassasalarida yana 26 ta yangi kasb qo‘shilishi rejalashtirilgan.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari 10-11-sinf o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berish Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 oktyabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan yo‘lga qo‘yilgan.
LiveBarchasi