O‘quvchi qizlarga maktabda ro‘mol o‘rashga ruxsat berildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda ko‘plab ota-onalarning murojaatlari inobatga olib, qizlarga darslarda milliy ro‘mol va do‘ppida bo‘lishlariga ruxsat berildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 4 sentyabr kuni xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov boshchiligida 2021-2022 o‘quv yili oldidan umumta’lim maktablari direktorlari, o‘qituvchilar va ota-onalar ishtirokida ochiq muloqoti vaqtida shu haqda aytib o‘tilgan.

“Ko‘pchilik ota-onalarning murojaatlarini inobatga olib, milliy qadriyatlarimizni inobatga olgan holda qizlarimiz uchun istisno tariqasida maktabda oq va ochiq ranglarda milliy ro‘mol (boshning orqa tomoniga o‘ralgan holatda) va do‘ppida bo‘lishlariga ruxsat etiladi”, deyiladi vazirlik xabarida.

XTV o‘quvchi qizlarning ro‘moli qanday o‘ralgan bo‘lishi shartligini ko‘rsatdi


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

525

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing