O‘qituvchilar limuzinlarda kelib, qizil yo‘lakdan yurgan bayram qanday o‘tdi?
Olam
−
04 Oktabr 2019
6171Bugun, 4 oktyabr kuni Qirg‘iziston Filarmoniyasida mamlakatda 5 oktyabr kuni nishonlanadigan O‘qituvchilar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kaktus media xabar bermoqda.
Tadbirga o‘qituvchilar BMW limuzinlari va boshqa lyuks avtomobillarda olib kelindi. Ular qizil yo‘lakda yurdi va qarsaklar bilan kutib olindi.
O‘qituvchilarni Ta’lim va fan vaziri Kanibek Isoqov kutib oldi. U qirg‘iz tilida tabrik nutqini o‘qidi va o‘qituvchining jamiyatdagi ulkan roli haqida gapirdi.
So‘ngra "Respublikaning eng yaxshi o‘qituvchisi" tanlovi g‘oliblariga noutbuklar va esdalik sovg‘alar topshirildi.
Bosh vazir Muhammadkaliy Abilgaziyev o‘qituvchilar murojaatini ikki tilda: qirg‘iz va rus tillarida o‘qidi. "Biz tez-tez o‘zimizga savol beramiz: o‘qituvchi bu kasbmi yoki boshqa narsami? Nima uchun Qirg‘iziston o‘qituvchilari o‘z farzandlariga vaqtlarini, kuchlarini va ayniqsa sog‘lig‘ini beradi? Biz javob topa olmayapmiz, lekin men o‘qituvchining o‘ziga xos kasb ekanini aniq bilaman.
Maktab devorlari ichida mamlakatimiz fuqarolari va vatanparvarlari shakllanadi. Biz hammamiz bolaligimizdan har birimiz birinchi o‘qituvchining qiyofasini eslaymiz. Dunyo hozir juda ko‘p muammolarga duch kelmoqda. Shu munosabat bilan shuni ta’kidlashni istardimki, faqat yuqori ma’lumotli odam ushbu barcha muammolarga munosib ravishda javob bera oladi. Faqat ijodiy ish va ta’lim insoniyatga o‘tmishdan kelajakka ulkan sakrash imkonini beradi ", dedi Bosh vazir.
LiveBarchasi