“Zavxoz”ga shilqimlik qilgan “zamdirektor” qamaldi
3-sahifa
−
08 noyabr
20611Farg‘onadagi futbol maktabida o‘zi bilan birga ishlovchi ayolga shilqimlik qilgan direktor o‘rinbosariga nisbatan qamoq jazosi berildi. QALAMPIR.UZ sud qarori bilan tanishdi.
Kecha, 7 noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasining (Shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismi bilan A.S.ga oid ma’muriy ish materiallari ko‘rib chiqilgan. Sudda ma’lum bo‘lishicha, direktor o‘rinbosari A.S. sentyabr oyida Farg‘ona shahrida joylashgan futbol maktabida ishlab kelayotgan ayol – xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari F.O‘.ga nisbatan shahvoniy xarakterga ega bo‘lgan qo‘pol harakatlar qilgan. Jumladan, unga shilqimlik qilib, behayo gaplar aytib, uning tana a’zolarini ushlagan.
Sud qaroriga ko‘ra, sudlanuvchi A.S. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasining 1-qismi bilan aybli deb topildi va shu modda bilan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, 26 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyatida haydovchi yo‘lovchi qizga tegajog‘lik qilgandi. U qizni shahar tashqarisiga olib chiqib, mashinani to‘xtatgan, qizning telefonini olib qo‘ygan va jinsiy tajovuz qilgan. Jabrlanuvchi voqea haqida zudlik bilan huquq-tartibot idoralariga xabar berib, erkakning avtomobil raqamini ma’lum qilgan.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi