O‘qishning yarmi oliygohda bo‘ladi – Prezident tibbiy kadrlarni yangicha tizimda tayyorlashga ko‘rsatma berdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda hududlarda 10 ming nafar tor doiradagi mutaxassislar  yetishmaydi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot sohasini isloh qilish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tildi, deya xabar bermoqda yig‘ilishda qatnashayotgan QALAMPIR.UZ Bosh muharriri.

Xususan, Surxondaryoda 130 ta tez tibbiy yordam, 60 ta terapevt shifokori, Toshkent viloyatida 113 ta laborant, Farg‘onada 100 ta bolalar shifokori, Namanganda 25 ta akusher yetishmaydi.

Amaldagi tizim bo‘yicha yiliga 3 ming nafar tor mutaxassis tayyorlansa-da, har yili yana 2 ming nafar mutaxassis pensiyaga chiqib ketishi qayd etildi.

Shu sababli, Laziz To‘ychiyev, Sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Hojiboyevga klinik ordinaturada o‘qitishning yangi tizimini joriy etib, kelgusi o‘quv yilidan qabul kvotasini ikki baravarga oshirish topshirig‘i berildi.

Ushbu yangi tizimda ordinatorlar o‘quv jarayonining yarmini oliygohlar va ixtisoslashgan markazlarda, qolgan yarmini esa ish joyida davom ettiradi.

“Faqat oliygohda o‘qiyapti. Bu natija bermayapti. Bir oyda qaror qabul qilasizlar. O‘quv jarayonining yarmi oliygoh va ixtisoslashgan markazlarda hamda qolgan yarmi ish joyida davom ettiriladi. Bo‘lmaydi, deyishadi. Bo‘ladi! O‘zbekiston tajribasini qilish kerak”, dedi Prezident Mirziyoyev.

Yig‘ilishda shuningdek, viloyat hokimlari o‘z hududiga zarur bo‘lgan tor mutaxassislikdagi shifokorlarni tayyorlash uchun mahalliy byudjetdan grant ajratishi kerakligi qo‘shimcha qilindi. Ushbu grant asosida o‘qigan shifokor, grant ajratgan viloyatga borib kamida uch yil ishlab berish majburiyatini oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

274

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing