O‘qishni O‘zbekistonga ko‘chirish to‘g‘risida tarqalgan xabarga izoh berildi
Jamiyat
−
31 yanvar 2022 9019 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov ishtirokida videoselektor yig‘ilish o‘tkazilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuotining ma’lum qilishicha, bu xabarlar hech qanday asosga ega emas va yolg‘on.
Vazir ishtirokida o‘qishni ko‘chirish mavzusiga oid hech qanday videoselektor yig‘ilishi bo‘lmagan. Xorijdan o‘qishni ko‘chirish amaldagi normativ-huquqiy hujjatlardagi tartibga ko‘ra amalga oshirilmoqda.
Vazirlik asossiz va yolg‘on axborotni tarqatganlik uchun qonunchilikka javobgarlik belgilanganini yana bir bor eslatib o‘tgan.
Live
Barchasi