O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizasi qaytarilganlarga so‘nggi imkon berildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston davlat oliy ta’lim muassasalariaro o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabalarga arizalarni tahrirlash uchun so‘nggi imkoniyat beriladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2022/2023 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliygohga o‘qishini ko‘chirish (tiklash) maqsadida transfer.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabalarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqilgan. Ammo ayrim arizalar ma’lum bir sabablarga ko‘ra rad etilgan.

Xabarga ko‘ra, rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun 22 avgust kuni soat 12:00 ga qadar so‘nggi imkoniyat berilgan. Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi. 

“Ro‘yxatdan o‘tgan barcha talabalardan o‘zlarining shaxsiy kabinetlariga kirib, arizalarining ko‘rib chiqilish holatini doimiy kuzatib borishlari so‘raladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yildan boshlab faqat 2 toifadagi talabalar (turmush qursa yoki davlat xizmatchisining ishi boshqa joyga o‘tganda)ga ichki "perevod" uchun o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

153

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing