O‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirayotganlar pul to‘lab imtihon topshiradi
Jamiyat
−
24 iyun 2021
14440Endilikda o‘qishini chet davlatdan O‘zbekistonga ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabalar uchun test jarayonlari pulli tarzda o‘tkaziladi. Bu haqda Davlat test markazi rahbari Majid Karimov 2021/2022 o‘quv yilida OTMlarga qabul parametrlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulovning qo‘shimcha qilishicha, o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirayotgan talabalar o‘tish balidan past ball o‘plasa bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonga o‘qishni ko‘chirish jarayoni joriy yilning 15 iyul kuni boshlanadi.
Diyora Abdurahmonova
LiveBarchasi