O‘qishga kirishda eng yuqori ball to‘plaganlarga Prezident granti joriy etilmoqda

Jamiyat

image

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti joriy etiladi. 

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonda so‘z boradi. 

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Moliya vazirligi va Davlat test markazi bilan birgalikda 2021 yil 1 aprelga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti grantini ajratish tartibini ishlab chiqadi va oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida  ball to‘plagan shaxslar to‘g‘risidagi ochiq ma’lumotlarni nazarda  tutuvchi yagona elektron reyestrni shakllantiradi. 


Maqola muallifi

Teglar

Prezident granti

Baholaganlar

72

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing